Maxsus diniy maʼlumoti boʻlmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy taʼlimotdan saboq berish, xuddi shuningdek xususiy tartibda diniy taʼlimotdan saboq berish —

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

(241-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

(241¹-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)

(241²-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)

XVI¹ bob. TADBIRKORLIK FAOLIYATIGA TOʻSQINLIK QILGANLIK, QONUNGA XILOF RAVISHDA ARALASHGANLIK HAMDA XOʻJALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING HUQUQLARI VA QONUNIY MANFAATLARIGA TAJOVUZ QILADIGAN BOSHQA HUQUQBUZARLIKLAR UCHUN MAʼMURIY JAVOBGARLIK