Ichki ishlar organi, yongʻinga qarshi xizmat, tez tibbiy yordam va boshqa maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik —

(199-moddaning dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 28-oktabrdagi OʻRQ-985-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2024-y., 03/24/985/0861-son)

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(199-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)