Temir yoʻl izlariga poyezdlar qatnovining buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan ashyolarni qoʻyish, shuningdek temir yoʻlni va qor toʻsish gʻovlarini hamda boshqa yoʻl obyektlarini, signal berish va aloqa inshootlari va qurilmalarini shikastlantirish —

(113-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 29-fevraldagi OʻRQ-916-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2024-y., 03/24/916/0167-son)

bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(113-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Temir yoʻldan ot-arava haydab oʻtish va chorva mollarni haydab oʻtish, chorva mollarni temir yoʻl yaqinida boqish qoidalarini buzish —

bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(113-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Temir yoʻl transportiga yuk ortish vaqtida belgilangan gabaritlarga rioya qilmaslik —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(113-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Temir yoʻllarni belgilanmagan joylardan kesib oʻtish —

bazaviy hisoblash miqdorining yigirmadan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

(113-modda toʻrtinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Transport vositalari haydovchilari tomonidan temir yoʻl izini belgilanmagan joydan kesib oʻtish —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(113-modda beshinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)