Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi (bundan telefondan quloqchinlar orqali va qoʻllarni ishlatmasdan turib soʻzlashuvlar olib borish imkoniyatini beradigan boshqa uskunalar orqali foydalanish mustasno), —
maʼmuriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
(128¹-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 4-fevraldagi OʻRQ-1116-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 03/26/1116/0110-son)