Tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchani yoqqan holda hamda maxsus tovushli signal bilan yaqinlashib kelayotgan transport vositalari toʻsiqsiz oʻtib ketishi uchun transport vositalari haydovchilari tomonidan xalaqit berish, —

(128⁵-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi OʻRQ-629-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son)

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

(128⁵-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Transport vositalari haydovchilarining yoʻlning qarama-qarshi harakatlanish uchun moʻljallangan tomoniga yoki boʻlagiga yoʻl harakati qoidalarini buzgan holda chiqishi, xuddi shuningdek avariya holati yuzaga kelishiga sabab boʻlgan, yaʼni yoʻl harakatining boshqa qatnashchilarini tezlikni, harakat yoʻnalishini keskin oʻzgartirishga yoki oʻz xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash uchun oʻzga choralarni koʻrishga majbur qiluvchi huquqbuzarlikni sodir etishi, —

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

(128⁵-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

(128⁵-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-fevraldagi OʻRQ-1033-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2025-y., 03/25/1033/0164-son)