Poyezdlarning vagonlari, avtotransport vositalari, shahar yoʻlovchilar transportidan va suv transportidan axlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish —
(123-moddaning dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-fevraldagi OʻRQ-1033-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2025-y., 03/25/1033/0164-son)
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
(123-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-fevraldagi OʻRQ-1033-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2025-y., 03/25/1033/0164-son)