Yoʻlovchining transportda chiptasiz yurishi, oʻn yoshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan bolalarni chiptasiz olib yurish:
a) shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarda, —
bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi,
(144-modda birinchi qismi “a” kichik bandining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
b) mahalliy va uzoq masofaga qatnaydigan poyezdlarda, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
(144-modda birinchi qismi “b” kichik bandining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarda, mahalliy va uzoq masofaga qatnaydigan poyezdlarda besh yoshdan oʻn yoshgacha boʻlgan bolalarni chiptasiz olib yurish —
bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
(144-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Yoʻlovchilarning samolyotda chiptasiz yurishi —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
(144-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Shaharlararo qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurish —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
(144-modda toʻrtinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Yoʻlovchining trolleybusda, tramvayda, shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
(144-modda beshinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)