Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, (bundan samoviy hududda uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hollari mustasno), —

(116²-moddaning dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-maydagi OʻRQ-534-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2019-y., 03/19/534/3046-son — 2019-yil 4-noyabrdan kuchga kiradi)

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

(116²-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)