Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan koʻp boʻlmagan kattalikda oshirib yuborishi, —

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan koʻp boʻlmagan kattalikda oshirib yuborishi, —

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ortiq, lekin 60 kilometrdan koʻp boʻlmagan kattalikda oshirib yuborishi, —

bazaviy hisoblash miqdorining toʻqqiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 60 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib yuborishi, —

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi — toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda tezlikni oʻlchaydigan maxsus uskunalar va transport vositalari spidometri koʻrsatkichlaridagi yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan jami xatolar hisobga olinib, ularda qayd etilgan tezlikdan soatiga 5 kilometr chegirib tashlangan holda, maʼmuriy jazo chorasi qoʻllaniladi.

(128³-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-fevraldagi OʻRQ-1033-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2025-y., 03/25/1033/0164-son)