Telekommunikatsiya tarmogʻidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, jinoyat alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda —
huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(155²-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)