Havo, temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni chiptasiz tashish —

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(145-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Suv, avtomobil transportida va shahar elektr transportida yoʻlovchilarni chiptasiz tashish —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

(145-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 5-fevraldagi OʻRQ-1118-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 03/26/1118/0120-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 10-may)