Temir yoʻl transportida va metropolitenda harakat va tashish xavfsizligi talablarini buzish, —

mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Temir yoʻl transportida va metropolitenda harakat va tashish xavfsizligi buzilishi bilan bogʻliq hodisani, u haqidagi maʼlumotlarni qasddan yashirish, xuddi shuningdek ushbu hodisa toʻgʻrisidagi axborotni qasddan buzib koʻrsatish, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Temir yoʻl transportida va metropolitenda yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish qoidalarini buzish, —

mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

(113¹-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 5-fevraldagi OʻRQ-1118-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 03/26/1118/0120-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 10-may)