Temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari uchun ajratilgan mintaqalarda temir yoʻl organlari va yoʻl organlari bilan kelishmay turib yerni haydash, oʻt oʻrish, chimlarni olib tashlash va tuproq olish, sanoat, melioratsiya suvlarini va oqova suvlarni suv qochirish inshootlariga va rezervlariga oqizish, shuningdek ajratilgan mintaqalarda va yogʻoch koʻpriklardan 100 metrgacha boʻlgan masofada olov yoqish, yogʻoch koʻpriklar va taxta toʻshamali koʻpriklarda chekish —

(148-moddaning dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi OʻRQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining toʻrtdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(148-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)