(194-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Ichki ishlar organlari xodimining huquqbuzarlikni toʻxtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish, ichki ishlar organlariga borish yoki koʻrsatilgan muddatda ichki ishlar organlarida boʻlish toʻgʻrisidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, transport vositasini toʻxtatish, jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik yoxud ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablariga boshqacha tarzda boʻysunmaslik, xuddi shuningdek jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini taʼminlash vazifalarini amalga oshirayotgan boshqa shaxslarning qonuniy talablarini bajarmaslik, —
(194-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(194-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 31-iyuldagi OʻRQ-1078-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2025-y., 03/25/1078/0682-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn ikki baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
(194-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 31-iyuldagi OʻRQ-1078-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2025-y., 03/25/1078/0682-son)
Transport vositasi haydovchisi tomonidan ichki ishlar organi xodimining yoki xodimlarining transport vositasini toʻxtatish haqida berilgan qonuniy talablarini ketma-ket bir necha marta uzrli sabablarsiz bajarmaslik, —
transport vositalarini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
(194-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-fevraldagi OʻRQ-1033-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2025-y., 03/25/1033/0164-son)