Jamoatchilik nazorati natijalariga koʻra, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan shakllarda jamoatchilik nazorati subyektlari tomonidan tayyorlangan yakuniy hujjatni koʻrib chiqmaslik yoki uni koʻrib chiqish muddatini uzrli sabablarsiz buzish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
(198⁷-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)