Ommaviy axborot vositalarining mahsulotlarini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazmasdan yoki ularni chiqarishni yoxud nashr etishni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin qonunga xilof ravishda tayyorlash va tarqatish —
bosma yoki boshqa mahsulotlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(218-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)