Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik, shu jumladan uning tekshirish oʻtkazishiga toʻsqinliklarni yuzaga keltirganlik, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hududlari va inshootlarini koʻzdan kechirish uchun ularga kiritishni rad etganlik, shuningdek ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishlarini bartaraf etishga doir koʻrsatmalarini bajarmaslik, —

(197⁶-moddaning dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(197⁶-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1004-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2024-y., 03/24/1004/0948-son)

Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

(197⁶-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1004-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2024-y., 03/24/1004/0948-son)