Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali oʻtayotgan transport vositasini bojxona organi tomonidan belgilanadigan joyda toʻxtatmaslik, shuningdek bojxona nazorati ostida turgan transport vositasini toʻxtab turish joyidan bojxona organining ruxsatisiz joʻnatib yuborish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(227⁵-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)