Tadbirkorlik subyektlarining bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda oʻtkazish yoki olib qoʻyish yoxud ortiqcha undirilgan pul mablagʻlarini oʻz vaqtida qaytarmaslik, oz miqdorda talon-toroj qilish alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(241⁹-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 10-maydagi OʻRQ-841-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2023-y., 03/23/841/0270-son — 2023-yil 12-avgustdan kuchga kiradi)