(196-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-apreldagi OʻRQ-832-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2023-y., 03/23/832/0228-son)

Huquqbuzarlikni sodir etish sabablarini hamda uni sodir etishga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi va ichki ishlar organlarining yozma taqdimnomalarini bajarish choralarini koʻrmaslik —

(196-moddaning dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-apreldagi OʻRQ-832-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2023-y., 03/23/832/0228-son)

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(196-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)