(219-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 23-avgustdagi OʻRQ-710-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 03/21/710/0815-son — 2021-yil 25-noyabrdan kuchga kiradi)
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni yoki tarkibida shunday metall hamda toshlar boʻlgan buyumlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, ulardan foydalanish chogʻida qabul qilib olish, sarflash, hisobga olish, saqlash, ularning parchalari va chiqindilarini toʻplash hamda Davlat fondiga topshirish qoidalarini, shuningdek qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning asillik darajasini aniqlash va ularni tamgʻalash tartibini buzish —
(219-moddaning dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 23-avgustdagi OʻRQ-710-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 03/21/710/0815-son — 2021-yil 25-noyabrdan kuchga kiradi)
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(219-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 18-apreldagi OʻRQ-1059-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1059/0357-son)