Harbiy hisob ishlari uchun masʼul boʻlgan shaxslarning chaqiruv uchastkalarida qayd hisobidan oʻtishi lozim boʻlgan yoshlarning roʻyxatlarini tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga belgilangan muddatda taqdim etmasligi —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
(231-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(231-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)