Pasportni yoki identifikatsiyalovchi ID-kartani garovga olish, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Pasportni yoki identifikatsiyalovchi ID-kartani shaxslardan qonunga xilof ravishda olib qoʻyish, —

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(223³-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 10-iyuldagi OʻRQ-1074-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2025-y., 03/25/1074/0596-son)