Tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasini kesib oʻtganlik toʻgʻrisida yoki tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish maqsadi toʻgʻrisida bojxona organiga xabar bermaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(227¹-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqish maqsadi toʻgʻrisida bojxona organiga notoʻgʻri xabar berish, agar bunday xabar bojxona organi tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatga olingan boʻlsa, xuddi shuningdek tovarlar va transport vositalarini belgilangan joyga hamda belgilangan vaqtda yetkazib bermaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(227¹-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)