(227¹³-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 4-oktabrdagi OʻRQ-720-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2021-y., 03/21/720/0930-son — 2022-yil 6-yanvardan kuchga kiradi)

Tovarlarni saqlash uchun joylashtirishning belgilangan talablari va shartlariga, ularni saqlash tartibiga, xuddi shuningdek bojxona omborlarida hamda erkin omborlarda tovarlarga doir operatsiyalar oʻtkazish tartibiga rioya etmaslik, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida, ushbu Kodeksning 227⁴, 227⁸, 227⁹ va 227¹¹-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno, —

(227¹³-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 4-oktabrdagi OʻRQ-720-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2021-y., 03/21/720/0930-son — 2022-yil 6-yanvardan kuchga kiradi)

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(227¹³-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(227¹³-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Tovarlarni bojxona rejimida saqlash muddatlariga rioya etmaslik, —

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

(227¹³-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 4-oktabrdagi OʻRQ-720-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2021-y., 03/21/720/0930-son — 2022-yil 6-yanvardan kuchga kiradi)