(204¹-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisidagi, fuqaro muhofazasi toʻgʻrisidagi qonunchilik, shuningdek xavfli geologik jarayonlarning oldini olish yuzasidan vakolatli davlat organining koʻrsatmalari talablarini bajarmaslik, —
(204¹-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1062-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-avgust)
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(204¹-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlik odamlar sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, shuningdek atrof tabiiy muhitga va odamlar hayotiga tahdid solsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(204¹-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisidagi axborotni yashirish, oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoki ular haqida atayin soxta axborot taqdim etish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(204¹-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)