Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan chet elga chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishni soʻrab murojaat etishning belgilangan tartibini buzish —

qonunga xilof ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(226-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Belgilangan tartibni buzgan holda chet elga chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(226-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)