(240-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Nolegal diniy faoliyat bilan shugʻullanish, diniy tashkilotlar rahbarlarining mazkur tashkilotlar ustavini roʻyxatdan oʻtkazishdan bosh tortishi, dindorlar va diniy tashkilotlar aʼzolari tomonidan bolalar va oʻsmirlarning maxsus yigʻilishlari, shuningdek diniy marosimga aloqasi boʻlmagan mehnat, adabiyot va boshqa xildagi toʻgaraklar hamda guruhlarni tashkil etish va oʻtkazish xuddi shuningdek diniy tashkilotning oʻz ustavida nazarda tutilmagan boshqa faoliyat turi bilan shugʻullanishi yoki tadbir oʻtkazishi —
(240-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 31 oktabrdagi OʻRQ-874-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2023-y., 03/23/874/0818-son)
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha boʻlgan miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
(240-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
(240-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)