Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining mansabdor shaxslari nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan barcha chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, nogironlik guruhidan qatʼi nazar, mudofaa ishlari organlariga xabar qilmaganligi, —
(234-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(234-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Fuqarolik holati aktlarini qayd qilish idoralari mansabdor shaxslarining tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarning familiyasi, ismi, otasining ismidagi oʻzgarishlarga oid, ularning tugʻilgan sanasi va joyi toʻgʻrisida fuqarolik holati aktlarini yozish daftariga kiritilgan oʻzgartirishlar haqidagi, shuningdek chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarning vafotini qayd etish hollari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xabar qilmaganligi —
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
(234-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
(234-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)