Davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish, —

bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(197⁸-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)