Bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravariga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi summani undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatining mazkur hujjatni ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun davlat ijrochisi belgilagan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmasligi —
(198¹-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(198¹-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 4 iyuldagi OʻRQ-851-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2023-y., 03/23/851/0447-son)
Bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan koʻp miqdordagi summani undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatining ushbu hujjatning ixtiyoriy ravishda ijro etilishi uchun belgilangan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmasligi yoki qarzdorning zimmasiga muayyan harakatlarni bajarish yoxud bu harakatlarni bajarishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatining davlat ijrochisi belgilagan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmasligi —
(198¹-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(198¹-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaga asosan solinadigan maʼmuriy jarimaning summasi ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan oshishi mumkin emas.
(198¹-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 4 iyuldagi OʻRQ-851-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2023-y., 03/23/851/0447-son)